INSON HAYOTIDA UCHRAYDIGAN DEADAPTATSIYANI OLDINI OLISH YOKI ULARNI TUZATISH
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakultetining birinchi bosqich talabalari o‘rtasida “Inson hayotida uchraydigan deadaptatsiyani oldini olish yoki ularni tuzatish” hamda talabalarning ijtimoiy moslashuv (adaptatsiya)sini barqarorlashtirish to‘g‘risida institut psixologi seminar-trening o‘tkazdi.
— Shaxslar xarakterini, ruhiyatini o‘rganadigan bo‘lsak, ular orasida tug‘ma yoki tashqi omillar ta’sirida orttirilgan, tortinchoq, kamgap shaxslar ham uchraydi. - deydi Sardor Otayorov. — Ana shunday xarakterga ega bo‘lgan talabalarda yangi shoroitlarga, yangi ijtimoiy muhit va talabga moslashishda deadaptatsiya jarayonlarini ko‘rishimiz mumkin. Bu aslida hamma uchun normal holat hisoblanadi. Ba’zi insonlarda esa bu ancha uzoq davom etadi. Bunday vaziyatlarda insonlar mehr qo‘llarini cho‘zmog‘i kerak, shunaqa vaziyatlarda bunday insonlarni ko‘proq jamoat ishlarida faol bo‘lishlari hamda jamoa o‘rtasida o‘zini yakka his qilmasligi uchun ko‘proq muloqotga tortish kerak. Agarda o‘rtog‘ingingiz yoki kursdoshingiz mana shunday vaziyatga tushganida Siz-u Biz yordam bermasak, u ertaga kelajakda o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotib qo‘yishi mumkin! Qaysidur ma’noda siz ham do‘stingiz, kursdoshingiz, o‘rtog‘ingiz kelajagi uchun muhim rolni o‘ynaysiz. Inson jismonan va aqlan kuchli bo‘lishi mumkin, qalban har birimiz go‘dakmiz, mehr va iliq so‘zlar tufayli ma’naviy kuch olamiz. Shunday ekan doimo mehr va iliq so‘zlaringizni bir biringizdan ayamang! - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi institut psixologi.
Psixolog seminar-trening davomida bunday vaziyatlarni oldini olish, talabalarni institutning jamoat ishlari va tadbirlariga ko‘proq jalb etish borasida takliflar bildirdi va autagin mashqlar orqali talabalarning ta’lim olishga qaratilgan motivatsiyasini mustahkamlashlari to‘g‘risida maslahatlar berib o‘tdi.
Seminar-trening so‘ngida talabalar o‘z taassurotlari bilan psixolog bilan o‘rtoqlashdilar.