SAMARQAND SHAHRI TARIXIY OBIDALARIDA, SAYYOR DARS MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Arxitektura nazaryasi va tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari K.M.Tagasharova, E.E.Jo‘rayeva hamda O.A.Eshmurodovlar tomonidan joriy yilning 7 oktabr kuni 102-arxitektura talabalariga sayyor dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
“Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihalash asoslari” fanidan “Me’moriy o‘lchov vazifasini bajarish”mavzusidagi dars soatlarini Samarqand shahri tarixiy obidalarida, ya’ni Ruhobod maqbarasi yonida, sayyor dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ochiq tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan dars mashg‘ulotida talabalar Ruhobod maqbarasi bilan yaqindan tanishdilar. Sayyor dars mashg‘ulotlari talabalar tomonidan katta qiziqish bilan o‘tdi, unda talabalar qadimiy obidaning homaki (eskiz) rasmlarini chizish orqali o‘z mahoratlarini oshirdilar.