TAKLIFLARGA KO‘RA FITNES KLUBI TASHKIL ETILADI!

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi qizlar bilan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Orif Xaitov, yotoqxona tarbiyachisi hamda komendant ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida talabalar turar joyida yashovchi qizlarning taklif va muammolari o‘rganildi. 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi qizlar o‘tasida talabalar kengashi shakllantirildi.
Shuningdek, berilgan takliflarga ko‘ra tez orada Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan 2 tashabbus doirasida qizlar fitnes klubi tashkil qilinishiga kelishildi.