ORIENTATION WEEK 2019


#orientation_week2019 #oweek
#yoshlar_ittifoqi

Barcha OTM muassasalari kabi Samarqand davlat arxitektura-qurilish insitutida ham 2019-2020 o‘quv yiliga start berildi.
Yangi o‘quv yilining birinchi kuni bayram munosabati bilan yaxshi an’anaga aylangan ilk qaldirg‘och talabalar uchun institut ma’muriyati va professor-o‘qituvchilar bilan tanishtirish marosimi bilan boshlandi.
Institut rahbariyati, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar va Yoshlar ittifoqi hamkorligida, talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan birinchi bosqich talabalarini institutga moslashuvi alohida e’tibor qaratish maqsadida, “Orientation week” ya’ni “Tanishtiruv haftaligi” dasturi ishlab chiqildi.
Ushbu rejaga ko‘ra institutning yuqori kurs talabalaridan iqtidorli talabalar tanlab olindi va  volontyorlar guruhi tashkil etilib, mazkur loyiha hafta ichida davom etdi.
Dastur doirasida institut katta faollar zalida targ‘ibot ishlari olib borildi. Unda SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti faollari umumiy ma’lumotlar bilan tushuntirish ishlarini olib borgan bo‘lsa, institut iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshligi F.Qosimova esa O‘zbekiston Respublikasing Prezident stipendiyalari va Davlat stipendiyalari hamda Xalqaro va Respublika fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Qiziqarli ma’lumotlardan so‘ng institut hududi bo‘ylab rektorat, fakultetlar, talabalar turar joylari, oshxona va bo‘limlarning joylashgan o‘rni va vazifalari haqida gapirilib, tanishtiruv ishlari olib borildi.