SAMDAQIDA QO‘SHMA TA’LIM DOIRASIDAGI IMTIHONLAR YAKUNLANDI

 

#uchinchi_kun
Avval xabar berganimizdek Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2+2 va 2+3 nufuzli xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturiga asosan sinov imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 8 sentabr dam olish kuni bo‘lishiga qaramay dastur doirasida so‘ngi sinov imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Unda dastlab rus tili fanidan diktant shaklidagi sinovdan muvaffaqqiyatli o‘tgan abiturientlar matematika va fizika fanlaridan test sinovlarini, bo‘lajak arxitektorlar esa qalamtasvir (6 soat vaqt mobaynida) fanidan ijodiy sinov imtihonlarini topshirdilar.
Barcha imtihonlardan olingan ballar yakuniy, umumiy ballarga qo‘shiladi.