“TEMURIYLAR DAVRI ME’MORCHILIGI” MAVZUSIDA SAYYOR DARSLAR TASHKIL ETILDI

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti, “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan sayyor dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Darslar kafedra o‘qituvchilari K.Jo‘rayeva va I.Eshatovlar tomonidan 203-204-arxitektura guruhlariga “Temuriylar davri me’morchiligi” mavzusida sayyor darslar Temuriylar davriga xos bo‘lgan tarixiy obidalarda tashkillashtirildi.
Jumladan Go‘ri Amir maqbarasi, Ruhobod maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim maqbarasi hamda Ko‘k saroy maydonlarida sayyor dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida talabalar tarixiy obidalarni yanada yaqindan o‘rganib “Arxitektura tarixi” faniga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi hamda o‘tkazilgan sayyor mashg‘ulotlarda o‘zlariga kerakli bo‘lgan ko‘plab ma’lumotlarni bilib olishdi.