“Talabalar orasida yangi startaplar uchun tanlovlar” g‘oliblarini taqdirlash

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Talabalar orasida yangi startaplar uchun tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risi”da  2018 yil 31 dekabrdagi 1070 sonli buyrug‘ining 3-ilovasi hamda 2019 yil 12 aprelda institutning “Talabalar orasida yangi startaplar uchun tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risi”dagi Nizomi asosida institutda “Talabalar orasida yangi startaplar uchun tanlovi 2019 yil 25-30 aprel kunlari o‘tkazildi.
Institutda “Talabalar orasida yangi startaplar uchun tanlovlar”ga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabnomalar qabul qilindi:
arxitektura, geodeziya kartografiya va kadastr, qurilish, sanoat, energiyatejamkorlik (muhandislik kommunikatsiyalari), ijtimoiy-iqtisodiy.
Tanlovlar quyidagi nomlardagi nominatsiyalarda bo‘lib o‘tdi:
“Texnostart”, “Eng yosh olim”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha”, “Istiqbolli ishlanma”, “Eng yaxshi ijodiy ishlanma”.
Tanlov  iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab quvvatlash kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazildi hamda tanlovni o‘tkazishda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab quvvatlash kengashining yosh ekspertlaridan iborat bo‘lgan Hakamlar hay’ati tuzildi.
Tanlovga 100 dan ortiq iqtidorli yigit va qizlar o‘z talabnomalari bilan ishtirok etishdi. Tanlov saralash, tanlov va yakuniy bosqichlarda o‘tkazildi.
Tanlovning yakuniy bosqichi shu yilning 7 iyun kuni o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra:
“Texnostart” nominatsiyasida 1-o‘rin 201-QMBvaKICH guruhi talabasi Saidmuratov Bobur, 2-o‘rin 301-KT(mkk) guruhi talabasi Abdullaeva Amina, 3-o‘rin  401-KT(BvaIQ) guruhi talabasi Saidmurodova Sarvaralar egallashdilar;
“Eng yosh olim” nominatsiyasida 1-o‘rin 304-dizayn guruhi talabasi Hamroev Sanjar, 2-o‘rin 302-KMEvaUB guruhi talabasi Raxmatova Saodatlar egallashdilar;
“Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasida 1-o‘rin 206-MKK guruhi talabasi Mediev Mirtemur, 2-o‘rin 203-KXALTE guruhi talabasi Abdullaev Usmon, 3-o‘rin 404-arxitektura guruhi talabasi Samieva Nafisalar egallashdilar;
“Eng yaxshi ijodiy ish” nominatsiyasida 1-o‘rin 201-QXALTE guruhi talabasi Raxmonov Sardor, 2-o‘rin 201-arxitektura guruhi talabasi Jo‘raev To‘lqin, 3-o‘rin 304-QXALTE guruhi talabasi Xusinov Asliddinlar egallashdilar;
“Istiqbolli ishlanma” nominatsiyasida 1-o‘rin 210-BvaIQ guruhi talabasi Bozorov Elyor, 2-o‘rin 201-QXALTE guruhi talabasi Davlatov Ramazon, 3-o‘rin 302-KMEvaUB guruhi talabasi Raxmatova Saodatlar egallashdilar.
G‘oliblar institut rektori tomonidan diplomlar hamda tanlov ishtirokchilari sertifikatlar bilan munosib taqdirlandilar.