OCHIQ DARS: "ARXITEKTURA VA JAMIYAT. ARXITEKTURA, TABIAT VA EKOLOGIYA"
2020 yil 3 mart kuni Arxitektura fakultetida arxitektura bo‘yicha falsafa doktori, "Arxitektura nazariyasi va tarixi" kafedrasi dotsenti Kamalova Dilnoza Zayniddinovna tomonidan "Arxitektura va jamiyat. Arxitektura, tabiat va ekologiya" mavzusida ochiq ma'ruza darslari tashkil etildi.
Ma'ruza davomida me'morchilik muhitini ekologik jihatdan toza va ekologik jihatdan toza qilish yo‘nalishlari hamda usullarini aniqlash, doimiy va vaqtincha yashash uchun yashil uy-joylarni shakllantirish haqida so‘z yuritildi.
"Arxitektura" ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 404-guruh talabalari va "Arxitektura nazariyasi va tarixi, me'moriy yodgorliklarni tiklash", "Landshaft arxitekturasi" mutaxassisliklari magistranlari o‘rtasida mavzu yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Qizg‘in muhokamalardan so‘ng, kuzatuv va izlanishlar orqali me'moriy va arxitektura-dizayn ta'limida, yashil me'morchilik tushunchalarini shakllantirish hamda ekologik toza yashash muhitini loyihalashda o‘quv va pedagogik amaliyot muhim o‘rin egallashi haqida kafedra o‘qituvchilari (D.Mirzayev, B.Saidova, I.Mahmatqulov, U.Zubaydullayev, F.Maksimov, F.Abdurahmanova) ta’kidladilar.
Ma'ruza yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan interfaol uslubda foydalanilgan holda o‘tkazildi.