INSTITUT KENGASHINING 4-SON YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
2020 yil ning 6-fevralida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kengashining 4-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Institut rektori Sultan Ilyasovich Axmedov boshchiligida doimgidek xushxabarlar bilan boshlanib Ilmiy daraja va yaxshi natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar institut rahbari va jamoa nomidan samimiy muborakbod etildi. Shundan so‘ng kengash yig‘ilishida qator vazifalar hamda natijalar muhokama qilindi:
• 2019 yilda olib borilgan davlat ilmiy texnika dasturi doirasidagi amaliy va fundamental tadqiqotlar, xo‘jalik shartnomalari, kunning ikkinchi yarmi hisobidan bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarining yakunlari hamda 2020 yildagi vazifalari haqida;
• Qurilish fakultetida olib borilayotgan o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarni kompleks o‘rganish natijalari;
• Institut kafedralari kesimida kafedra mudirligi lavozimiga tanlov, dotsent ilmiy unvonlariga tavsiya berish masalasi va turli masalalar ko‘rib chiqildi.