NAVOIYGA EHTIROM

 

Mamlakatimizning barcha hududlarida jahon e’tirof etgan alloma bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi keng nishonlanmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand shahrida Alisher Navoiy nomi bilan yuritiluvchi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida ham  bo‘lib o‘tdi.Erta tongdan bog‘ hududi adabiyot muxlislari, deputatlar, turli ijodiy va jamoat tashkiloti vakillari, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, she’riyat muxlislari, o‘qituvchilar,talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik bilan gavjum bo‘ldi.Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Navoiyshunos olimlar va yoshlar so‘zga chiqdi.
Adabiy kechada she’riyat mulkining sultoni ijodiga xo‘p to‘xtalindi, asarlaridan namunalar o‘qildi va mutafakkir haykali poyiga jamoat tashkilotlari tomonidan gulchambarlar qo‘yildi.