“Vatan –muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida yugurish marafoni
2019 yil 8 yanvar kuni viloyat hokimligi tashabbusi bilan Samarqand shahrida 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan “Vatan –muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birgalikda viloyat musiqali drama teatri maydonida qurol-aslaha va harbiy texnikalar ham namoyish etildi.Registon maydonidan boshlangan ommaviy yugurish marafonida arxitektura fakultetining “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham faol qatnashdilar.Yugurish marafonida kafedraning faol o‘qituvchilaridan E.E.Jurayeva va Y.B.Nurmurodovalar qatnashib, I va II darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.