INSTITUTDA YILNING ENG FAOL SPORT ISHTIROKCHILARI TAQDIRLANDILAR

2019 yil 8 yanvar kuni Samarqand davlat arxitektura qurilish institutida    “2018 yil Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash  yili” munosabati bilan yil davomida institutda va viloyat miqyosida o’tkazilgan sport tadbirlarida faol ishtirok etgan  36 nafar professor-o’qituvchi va xodimlar  institut “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi” va “Xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushmasi”  tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.