KONSTITUTSIYA HUQUQ-BURCHLARIMIZ KAFOLATIDIR!


8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti faollar zalida “Konstitutsiya huquq-burchlarimiz kafolatidir!” deb nomlangan katta bayram tantalalari bo‘lib o‘tdi.Tadbir dastlab talaba-yigitlarning marshi bilan boshlandi. Institut faol va iqtidorli yigit-qizlaridan tashkil topgan xor jamoasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi jonli ijro etildi.
Bosh qomusimizning 27 yillik bayram shodiyonasi munosabati bilan bayram tabrigi va yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Orif Bolikulovich Xaitovning ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, institutning barcha professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari bayram munosabati bilan institut ma’muriyati tomonidan bir martalik pul mukofoti bilan moddiy rag‘banlantirildi.Ustoz va murabbiy Nuriddin Boboqandov o‘z qalamiga mansub Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan ajoyib she’rlari bilan barchani xushnud qildi.Tadbirning badiiy qismida institutning faol va iqtidorli yoshlari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, raqs va Vatanparvarlikni taro‘ib qiluvchi harbiy ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.