“KONSTITUTSIYA BAXTIMIZ QOMUSI”
2019 yil 6 dekabr kuni institut kichik faollar zalida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirni kafedra mudiri A.T.Quldoshev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir ikki bosqichda tashkil qilinib, birinchi bosqichda talabalar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar va professor-o‘qituvchilarning chiqishlari tashkil qilindi.
Ikkinchi bosqichda esa Qurilishni boshqarish fakultetining “Iqtisodchilar”, qurilish fakultetining “Bunyodkor” jamoalari huquqiy savodxonlik bo‘yicha bellashdilar.Bellashuv 3 shart asosida: tanishtiruv, savol-javoblar hamda sardorlar bellashuvi tarzida olib borildi. Bellashuvda har ikkala jamoa ham faol ishtirok etib, hakamlar hayati tomonidan har bir chiqishlari baholab borildi.Umumiy hisobda Qurilishni boshqarish fakultetining “Iqtisodchilar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tadbir so‘nggida ma’ruza qilgan talabalar hamda bellashgan jamoalar ham “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan maxsus sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.