BAYRAM MUNOSABATI BILAN NAFAQADAGI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR HOLIDAN XABAR OLINDI
2019 yil – faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosobati bilan joylarda “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etuvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlar Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etildi.
Ko‘p yillar institutda ishlab hozirgi vaqtda nafaqada bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning xol-ahvolidan xabar olindi. Olti nafar professor-o‘qituvchi va xodimlarning 1-sinfga boradigan bolalari uchun o‘quv qurollari olib berildi.
Institutda 45 yildan ortiq faoliyat olib borgan va hozirgi kunda ham samarali ishlashni davom ettirayotgan professor-o‘qituvchilarga institut ma’muriyati nomidan tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, 20 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlarga bir minimal ish xaqi (223000 so‘m) miqdorida moddiy yordam berildi.
SamDAQI xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Axunjanov