HUSH KELIBSAN TALABA!

 

Bugun 4 sentabr 2019-2020 o‘quv yilining ilk kuni. Shu munosabat bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining hovlisida, bu dargohga ilk qadamlarini qo‘ygan birinchi bosqich talabalari institut ma’muriyati professor-o‘qituvchilari va jamoat tashkilotlari tomonidan iliq kutib olindi.

Tanishuv kechasi Yurtimiz madhiyasi sadolari ostida boshlandi.
“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida boshlangan tadbirni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori S.I.Axmedov kirish so‘zlari bilan ochib, Yurtimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus, yaratilayotgan yoshlar uchun, talabalar uchun imkoniyatlar tilga olindi. Institut hayoti, uning tarixi, intitut talabalar turar-joylaridagi shart sharoitlar, hamda institutimizda olib borilgan oxirgi o‘zgarishlar haqida qisqacha gapirib berdi va talabalarga yangi o‘quv yilida omad hamda zafarlar tiladi.
Shundan so‘ng, talabalarga institut prorektorlari, fakultet dekanlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilar tanishtirildi va ular o‘zlarining iliq tilaklarini bildirishdi.
Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan yigit-qizlarimiz o‘z tengdoshlariga yaxshi ta'lim-tarbiya olib, kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishiga va'da berishdi.

Zero, "Yoshlar — kelajak bunyodkori!"