SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining katta faollar zalida “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar  kuni”ga bag‘ishlangan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!” deb nomlangan badiiy tadbir tashkil etildi.
Institut rektori Sulton Axmedov mo‘tabar va munis ayollar hamda qizlarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etib tadbirni ochib berdi.

5 tashabbus markazining faol talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoa tomonidan yig‘ilganlarga kuy-qo‘shiqlar, bu dunyoda eng aziz inson ona, ona mehrini madh etuvchi ajoyib sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, Samarqand markaziy kulgu ligasining 2020 yilgi chempioni, institut QVZ terma jamoasi bo‘lmish “Maroqandlik bojalar” o‘zining yumoristik chiqishlari bilan yig‘ilganlar yuziga tabassum ulashdi.