Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev Murojaatnomasining mazmuni, mohiyati keng miqiyosida institut professor-o’qituvchilarga etkazilmoqda
Ma’lumki 2018 yil 28 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.Mirziyoyevning 2018 yil yakunlari va 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan 2019 yil 7- 8 yanvar kunlari Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining kichik faollar zalida institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi hamkorligida o’quv seminar tashkil etildi. O’quv seminari 2019 yilning 7 yanvarida Arxitektura va Qurilish fakultetlarida 8 yanvar kuni esa Qurilishni boshqarish va Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetlari kesimida o’tkazildi. Seminarda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsentlari K.Ganiyev, S.Aliqulovlar ma’ruzalari bilan qatnashib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasining mazmuni, mohiyati hamda ahamiyatli jihatlari institut jamoasiga keng miqyosida etkazildi. Uchrashuv davomida ushbu murojaatnomaning qanchalik muhum ahamiyatga ega ekanligini nafaqat professor-o’qituvchilarimiz balki institutimiz talabalari ortasida keng targ’ib qilish zarurligi haqida aytib o’tildi. O’quv seminari yakunida savol-javoblar o’tkazilib yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan masalalar bo’yicha yetarlicha ma’lumotlarga ega bo’ldilar.