Institut rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi
Samarqand davlat arxitektura -qurilish instituti rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi hamda birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuvdan lavhalar
2016 yil 8 sentyabr kuni Samarqand davlat arxitektura- qurilish institutining arxitektura fakulteti hovlisida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlab yig‘ilish hamda fakultetning birinchi bosqich talabalari bilan institut rahbariyatining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda dastlab institut rektori Sulton Ilyosovich Axmedov so‘zga chiqib, Respublikamizning Birinchi Prezidenti tomonidan mustaqillik yillarida ta’lim va tarbiya sohasida amalga oshirilgan qator ishlar, jumladan, oliy ta’limga kirilgan bir qancha qonun va qarorlarning ijrosi va ularning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida atroflicha talabalarga so‘zlab berdi.
Institut rektori Sulton Ilyosovich Axmedov talabalar uchun yaratilgan shart sharoitlar, imkoniyatlar va institutning ichki tartib qoidalari haqida to‘xtalib o‘tdi. 2016-2017 o‘quv yili bilan talabalarni tabriklab, ularning o‘qishi va ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so‘ng institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.T.Quldoshev so‘zga chiqdi. A.T.Quldoshev ta’lim yo‘nalishlari, hozirgi ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, ilg‘or xorijiy davlatlarda ta’lim sohasidagi yangiliklar, institut talabalarining erishgan yutuqlari bilan tanishtirib o‘tdi. Talabalarga o‘quv yili davomida tashkillashtiriladigan fan olimpiadalari, kurgazmalar, konkurslar va ko‘rik -tanlovlar haqida ma’lumot berib, ularga bu tadbirlarda faol ishtirok etish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda talabalar tomonidan berilgan savollarga institut rahbariyati tomonidan javob berildi, talabalar institut haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.


