Xotira uyg‘onsa go‘zal

          2018 yil 4 may kuni soat 14:00 da Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti arxitektura fakulteti  “Tasviriy san’at” kafedrasining rasm zalida  9-May - “Xotira va qadrlash kuni” ga bag‘ishlab “Xotira uyg‘onsa go‘zal”  mavzusidagi kompozitsiyalar  ko‘rik-tanlovi  bo‘lib o‘tdi.
         Tadbir “Tasviriy san’at” kafedrasi dotsenti  H.H Jo‘raevning tabrik so‘zi bilan ochildi va endilikda o‘tgan ajdodlarimizni xotiralash va mo‘‘tabar  zamondoshlarimiz xurmatini joyiga qo‘yishda “Xotira va qadrlash kuni”ning  nishonlanishi katta ahamiyat kasb etayotganligini alohida  qayd etdi va konkurs qatnashchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.Kompozitsiyalar ko‘rik-tanlovinining asosiy maqsadi- yurtimizning boy madaniy merosi, bugungi salohiyati, yosh ijodkorlarni tarbiyalashda badiiy madaniyat, badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish, orqali yosh ijodkorlarni ijodiy bilimini kengaytirish hamda ijodiy faoliyatini mukamallashtirish va rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib, unda arxitektura  fakultetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. An’ana tusiga kirib ulgurgan ko‘rik-tanlovga instituti YOshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, arxitektura fakul’teti dekanati, murabbiylar kengashi va “Tasviriy san’at” kafedrasi o‘qituvchilari rahbarlik qilishdi.
          “Xotira uyg‘onsa go‘zal”mavzusidagi kompozitsiyalar ko‘rik-tanlovida talabalarning ijodiy ishlari mohirlik bilan maromiga etkazib ishlanganligiga, yangiligi, boy fantaziyasi va mavzuning keng yoritilishi inobatga olinib baholanadi. Talabalar o‘z ijodiy ishlarida mash’um urushning og‘ir oqibatlarini, unda ishtirok etgan hamda qahramonlarcha halok bo‘lgan askarlar siymosini va bugungi dorilamon zamonda ota-bobolarimiz yodi, shu bilan birga nuroniy otaxon va onaxonlarimizning qadrlanishi mohirlik bilan ifodalab berishga harakat qilishdi.Ko‘rik-tanlovida talabalarning ijodiy ishlarini baholash “Tasviriy san’at” kafedrasi mutaxassis o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirildi. Baholash natijasiga ko‘ra 1- o‘rin 302-dizayn (interer)  yo‘nalishi talabasi Metinboeva Marjona, 2 – o‘rin 105-QHALTE yo‘nalishi talabasi Melikov Umidga, 3-o‘rin 102 – dizayn (landshaft) yo‘nalishi talabasi Sag‘dullaeva Dildoraga nasib etdi. Ko‘rik – tanlov g‘oliblari instituti YOshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alar bilan hamda tadbirda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.