“Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: xalqaro tajribalar va O’zbekiston amaliyoti” mavzusida seminarlar o‘tkazildi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29-dekabrdagi 87-03-4549 sonli xati asosida 2019 yil 7-8 yanvar kunlari institut o'quv uslubiy bo’limi hamda “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” bilan birgalikda, institut faollar zalida “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: xalqaro tajribalar va O’zbekiston amaliyoti” mavzusida taqdimot materiallari asosida seminarlar tashkil etildi. Seminarlar fakultetlar kesimida barcha rahbar xodimlar va professor-o’qituvchilar uchun tashkil qilinib, seminarlarni o’quv uslubiy bo’lim boshlig’i M.Xodjabekov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng seminarning asosiy qismiga o’tilib, “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” dotsentlari S.Aliqulov va K.G’anievlar taqdimot materiallari asosida atroflicha yoritib berdi. Taqdimot seminarda oliy ta’lim to’g’risidagi normativ huquqiy hujjatlar bazasini davlatimiz rahbarining qarorlari va farmonlari asosida takomillashtirish, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan normativ huquqiy hujjatlar hamda oliy ta’lim tizimidagi o’zgarishlar haqida fikr yuritrildi. Bundan tashqari taqdimotda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining soni, qabul kvotalari, 2018/2019 o’quv yilida joriy etilgan ta’lim shakllari, yo’nalishlari va mutaxassisliklari, oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi o’zaro innovatsion-korporativ hamkorlik modeli hamda oliy ta’limni rivojlantirshning innovatsion ekotizimi to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim etildi. Seminarlar yakunida professor o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarni olishdi.