IJARADA YASHOVCHI TALABALAR ORASIDA UMUMPROFILAKTIKA ISHLARI OLIB BORILMOQDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining qo‘shma umuprofilaktik tadbirlar reja-jadvaliga asosan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining ijarada turuvchi talabalari bilan 3 oktabr kuni katta faollar zalida qo‘shma umumprofilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.Xaitov kirish so‘zlari bilan ochib,  navbatni ma’ruzachilarga berdi. Tadbirda Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i A.Ubaydullayev, Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i E.Axrorov, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB XPG TP profilaktika katta inspektori I.Aliyev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi yoshlar jinoyatchiligini oldini olish bo‘limi boshlig‘i G‘.Bobobekovlar o‘z ma’ruzlari bilan qatnashdilar.
Majlisdan ko‘zlangan maqsad, ijarada yashovchi talabalarning turmush tarzini yaxshilash, ta’lim olishlari uchun sharoit yaratish, salbiy illatlar, g‘oyaviy xatarlardan ogoh etish va asrab-avaylash bo‘yicha qo‘shma umumprofilaktika ishlarini olib borish.