SAMDAQIDA MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIENTLAR UCHUN IMTIHONLAR BOSHLANDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2019-2020 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan abiturientlarga mutaxassislik bo‘yicha imtihonlar start oldi.
Bugun magistratura mutaxassislik fanlarining o‘zbek va rus guruhlariga ya’ni “Bino va inshootlar arxitekturasi”, “Landshaftlar arxitekturasi”, “Shaharsozlik va qishloq aholisi yashash joylarini kompleks qurish”, “Dizayn(interyer)” va “Dizayn(landshaft)” mutaxassisliklari bo‘yicha ijodiy imtihon-klauzura topshirig‘i shaklida bo‘lgan birinchi imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Abiturientlar endigi bosqichda mutaxassislik bo‘yicha yozma ish va ingliz tili fanlaridan imtihonlarni topshiradilar.