Koreyaning Keymyong universiteti delegatsiyasining SamDAQIga tashrifi
Koreyaning Keymyong universiteti delegatsiyasining SamDAQIga tashrifi
2016 yil 4 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2 iyuldagi 87-03-1953 raqamli xatiga asosan Koreyaning Keymyong universiteti Ipak yuli va Markaziy Osiyo ilmiy markazining Ipak yuli hududidagi tarixiy joylarni o'rganish loyihasi doirasidagi 15 kishidan iborat delegatsiyasi institutga tashrif buyurishdi. Keymyong universiteti prorektori Li Jung Hi rahbarligidagi delegatsiyani institut rektori S.I.Axmedov o'z qabulida kutib oldi. Keymyong universiteti prorektori Li Jung Hi rahbarligidagi delegatsiya a'zolari institut ma'muriyati bilan ikkala oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, turli qo'shma loyihalarni amalga oshirish kabi ustivor yunalishlar haqida muzokara olib borishdi.
Shuningdek, institut kichik majlislar zalida Keymyong universiteti delegatsiyasi va institut ilmiy-pedagog jamoasi ishtirokida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda institut "Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish" kafedrasi mudiri M.M.Xidirov "Ipak Yuli hududi arxitekturasi" mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruza bo'yicha delegatsiya a'zolari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek seminarda Ipak yuli hududi architekturasi mavzusida institut prorektorlari A.N.Gadayev, E.X.Isakovlar ham o'z fikrlarini bildirishdi. Delegatsiya a'zolari mazkur seminardan Ipak yuli hududi architekturasi haqida bir qancha qimmatli ma'lumotlarni olganliklari va mazkur seminar ucuhun o'zlarining yuksak minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Institut xalqaro laoqalar bo'limi