9- May “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tadbir

2018 yil 3 may kuni institut faollar zalida arxitektura fakultetining “Arxitektura  nazariyasi   va   tarixi”   kafedrasi  o‘kituvchilari, 101-arxitektura va 101-qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish  guruhi murabbiylari D.G.Islamova va Ch.O.Meliyevalar va shu guruhlar talabalarining institut  yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda  9- May –“Xotira va qadrlash kuni”ga  bag‘ishlangan tadbir o‘tkizildi.
Tadbirda 101-arxitektura va 101-qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish  guruhi talabalari o‘tganlarni xotirlab, Ikkinchi jahon urush qatnashchilari to‘g‘risida ma’lumotlar, she’riy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirni ochilishida institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.b. O’.J.Xudayarov va “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi T.F.Kushmanov so‘zga chiqishib, mavzuning naqadar dolzarbligi va bugungi kunda xotira va qadrlash tuyg‘usining o‘sib kelayotgan yoshlarga ta’siri haqida fikrlar bildirishdi. Tadbir so‘ngida guruh talabalari tomonidan namoyish etilgan “Vatan”, “Ona diyor” mavzusiga oid musiqiy chiqishlari hammaga ma’qul bo‘ldi. Faol qatnashgan talabalar va tadbirni yuqori saviyada tashkil etgan guruh murabbiylari tashakkurnoma bilan  taqdirlandi.