INSTITUTDA ILMIY KENGASHNING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI

Yangi yil arafasida  Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi  yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni   Ilmiy kengash raisi, institut rektori S.I.Axmedov   ochib berdi.  Ilmiy kengash boshlanishi  oldidan  barchani Yangi yil bilan  tabriklab, ilmiy kengashni institut jamoasi uchun  yaxshi xushxabar bilan boshladi.  “Landshaft dizayni  va interier” kafedrasi professori  E.Muhammadiyev va o’qituvchilar Sh.Tug’izov, K.Yunusovlar  hammuallifligida  “Dizayn” yo’nalishi talabalari  uchun mo‘ljallangan  “Dizayn” nomli o‘quv qo‘llanmasiga  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 1000- sonli buyrug‘iga asosan  nashr ruxsatnomasi berilganligi bilan qutladi. Bundan tashqari  “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi”  tanlovining institut va Respublika  bosqichida “Innovatsiya va axborot–texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bo‘yicha: “Arxitektura va qurilish” ta’lim yo‘nalishi g‘olibi  bo‘lgan  O. Otamurodovga faxriy yorliq topshirildi. Shundan so’ng   kun  tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:

1. Institutda   2018 yilda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari va 2019 yildagi vazifalar haqida. Ma’ruzachi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor E.X.Isakov;
2. Institutda ma’naviy – ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar sohasida 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2019 yildagi vazifalar  haqida. Ma’ruzachi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.B.Xaitov;
3. Institutda  a’lochi va  iqtidorli talabalar safini kengaytirish yuzasidan olib borilayotgan  ishlar va kelgusi vazifalar  haqida. Ma’ruzachi iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limining boshlig‘i  F.Qosimova;
4. Kafedralardagi  bo‘sh o‘rinlarga tanlov masalasi;
5. Turli masalalar.
Shundan so‘ng kun tartibida belgilangan turli masalalarda o‘quv yilida institutimizning M.M Yakubov, S.E Kurtametov, U.U Qurbonova, S.N.Sodiqova kabi o‘qituvchilari xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirib qaytishgani haqida qisqacha hisobot qilishdi.Yig‘ilish so‘nggida kun tartibida belgilangan masalalar bo‘yicha qarorlar  qabul qilinib mutassadilarga kerakli topshiriqlar berildi.