“GAMMA” JAMOASI NAVBATDAGI TUR G‘OLIBI

Joriy yilning 29 may kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti Qurilishni boshqarish fakulteti yoshlar Kengashi tashabbusi bilan fekultetlararo “Zakovat” Intellektual o‘yini tashkil etildi.
Unda Qurilishni boshqarish, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi, Arxitektura va Qurilish fakultetlarining talaba yoshlaridan tashkil topgan “Gamma”, “Muhandislar”, “Yuksalish”, “Intelligent”, “Menedjer”, “Kelajak avlod” hamda  “Bunyodkor” jamoalari ishtirok etdilar.
Qizg‘in savol va javoblarga boy bo‘lgan o‘yinda natijalar quyidagicha aniqlandi:
I o‘rin 40 ball bilan “Gamma” jamoasi;
II o‘rinni 35 ball bilan “Intelligent” jamoasi;
III o‘rinni 34 ball bilan “Kelajak avlod” jamoalari egalladilar.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.