ZAKOVAT O‘YINLARI BO‘LIB O‘TDI

2019 yilning 28 fevral kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti boshlang‘ich tashkiloti qoshidagi “Zakovat” intellektual klubining navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.O‘yinda SamDAQI talabalaridan tashkil topgan “Gamma group”, “Qurilish”, “Bunyodkor”, “Yuksalish”, “Shaharsoz”, “Injener” hamda mehmon jamoalar Samarqand davlat universitetining “Ijtimoiy”, Samarqand shahar “Zakovat” klubining “Intellekt” jamoalari ishtirok etishdi.O‘yin natijalariga ko‘ra, “Gamma group” jamoasi 1-o‘rinni, “Bunyodkor” jamoasi 2-o‘rinni, “Qurilish” jamoasi 3-o‘rinni egallashdi.