“HUDUDLARNING TURISTIK SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISH” MAVZUSIDA XALQARO KONDERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Joriy yilning 21-22 fevral kunlari Samarqand “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida “Hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish: nazariy hamda amaliy istiqbollari” mavzusida xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro anjumanda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining bir qator olima professor-o‘qituvchi ayollari ham ishtirok etib, o‘zlarining dolzarb maqolalari bilan qatnashishdi. Jumladan “Tasvriy san’at” kafedrasi dotsenti D.Sultonova “Aral oasis - as potential base for development of the tourism”, “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti S.Sadikova “Assesment of Eco Tourist potential of recreational places of Samarcand region” nomli dolzarb mavzularda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan muammoli maqolalari bilan faol ishtirok etdilar.
Anjuman doirasida bir qator xorijiy davlatlar Hindiston, Belorussiya, Indoneziya, Pokiston, Germaniya, Rossiya (Tatariston), Qozog‘iston, Turkiya, Italiya, Avstraliya davlatlarining Turizm xalqaro universitetlari professorlari bilan memorandum imzolandi.
Anjumanning ikkinchi kunida mehmonlar uchun Samarqand shahridagi diqqatga sazovor bo‘lgan joylar ya’ni Al-Buxoriy me’moriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Bibi Xonim jome’ masjidi, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov maqbarasi kabi yodgorliklarga sayohat tashkil etildi.