MAKTABGA E’TIBOR- KELAJAKKA E’TIBOR
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti rektori viloyat kengashi deputati S.I.Axmedov xalq taʼlimi tizimini tubdan yaxshilash boʻyicha boshlangan tashabbusni qoʻllab quvvatlash maqsadida 2018-yil 5 sentyabr kuni Samarqand shahridagi 20-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi va yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirda ishtirok etdi. Tadbirda SamDAQI rektori S.I.Axmedov so’zga chiqib bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, xalq ta’limi tizimi xodimlarini moddiy va ma’naviy qo’llab quvvatlash, ularning me’yoriy hujjatlarni yuritishlari va maktab o’quvchilarining formalari borasidagi masalalar haqida fikr yuritdi.
Shundan so’ng, maktab direktori YU.A.Mamedova S.I.Axmedovni maktabning 4-a sinf o’quvchilari bilan muloqotga taklif etdi. Muloqot davomida institut rektori oʻz hayotidan misollar keltirib, o’zi erishgan muvaffaqiyatlarda maktabdagi taʼlim va tarbiyaning roli katta boʻlgani, qolaversa, oʻquvchilarga maktab davrida yaxshi oʻqib, vaqtdan unumli foydalanish juda katta ahamiyat kasb etishi haqida qisqacha maʼruza qilib berdi. Suhbat ko’tarinki kayfiyatda o’tib, o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
S.I.Axmedov maktabning umumiy holati bilan tanishib, uning moddiy bazasini rivojlantirishga Oliy ta’lim muassasasi tomonidan ko’rsatiladigan yordam haqida kelishib olindi.