NAVBATDAGI ILMIY KENGASH BO’LIB O’TDI

2018-yil 4-sentyabrda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.  Ilmiy kengash raisi, institut rektori S.I.Axmedov   ilmiy kengash a’zolari va taklif etilganlarni O’zbekiston Respublikasi davlat  Mustaqilligining 27 yillik bayrami hamda  yangi o’quv yili  bilan qutladi. Ilmiy kengash boshlanishi oldidan  “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi mudiri arxitektura fanlari doktori A.S.O’ralovga professorlik attestati topshirildi. Shundan so’ng   kun  tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:
1. Institutda va kafedralarda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlarining hoati, me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash va istiqboldagi vazifalar yuzasidan o’quv ishlari bo’yicha prorektor A.A.Raximov axborot berdi.
2. Institutda yangi o’quv yilida professor- o’qituvchilar va talabalarning kiyinish tartibi va madaniyati haqida yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O’.J.Xudayarov tomonidan axborot berildi.
3. Institut o’quv binolari va talabalar turar joyini yangi o’quv yiliga tayyorlash yuzasidan olib borilgan ishlarning natijalari xususida moliya-iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor A.H.Rajabovning  hisoboti tinglandi.
4. Institut professor – o’qituvchilariga kafedralar va fakultetlar kesimida 2017-2018 o’quv yili yakunlari bo’yicha tabaqalashtirilgan ustama belgilash yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari to’g’risida ichki nazorat va monitoring bo’limining boshlig’i Q.Yu. Abdullayev ma’lumot berdi.
5. Turli masalalar.

Kengashda ko’rilgan masalalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berildi.