“BUNYODKOR” YOSHLAR OTRYADI YORDAMIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabalaridan tashkil topgan “Bunyodkor” yoshlar otryadi mehnati bilan, obodonlashtirish ishlari yanada jadal suratlarda qizg‘in davom etmoqda.
Bugun ko‘ngilli yoshlar soni yanada ortgani bilan bir qatorda, institut professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir o‘rinbosari S.M.Buzrukxonov, institut rektori S.I.Axmedov hamda institut prorektorlari kelishgan holda, 2-talabalar turar joyi yonida joylashgan mini-futbol maydonida qayta ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mini-futbol maydoni “Bunyodkor” yoshlar otryadi yordamida qayta ta’mirlanib, yangi o‘quv-yiliga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.