5-IYUN BUTUNJAHON ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KUNI
Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhitga bag’ishlangan Konferensiyasida 1972 yil 5 iyunda Stokgolm shahrida Butunjahon atrof-muhit kunini nishonlash to’g’risida qaror qabul qilingan edi. Mazkur qarordan ko’zlangan maqsad xalqaro hamjamiyatning e’tiborini atrof-muhitni muhofaza qilish muammolariga hamda glabal ekologik inqirozning oldini olish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishga qaratishdan iboratdir.
Shuning uchun ham 46 yildirki, dunyoning qator mamlakatlarida 5 iyun – Butunjahon atrof muhit kuniga bag’ishlab turli xil tadbirlar, jumladan, “yashil” konsernlar, ko’rik-tanlovlar, bog’lar yaratish, shuningdek, atrof-muhitni tozalashga qaratilgan turli ekologik aksiyalar o’tkaziladi.
Qariyb to’qqiz yildirki faoliyat olib borayotgan O’zbekiston ekologik harakatining maqsad va vazifalari ham tom ma’noda sayyoramizda atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan sa’yi harakatlarga tamomila mos keladi. O’tgan davr mabaynida Ekoharakat tomonidan nafaqat Respublikamiz hududlarida, balki xorijiy davlatlarda ham o’tkazilgan va o’tkazilayotgan tadbirlar sog’lom muhit yaratish orqali aholi salomatligini mustahkamlashga, ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgani bilan diqqatga sazovordir. Ayniqsa, Ekoharakatning mintaqamizdagi trans chegaraviy ekologik muammolarga hal etishga yo’naltirilgan halqaro miqyosidagi faoliyati bugungi kunda xorij davlatlarida ham keng e’tirof etilayotganligini ta’kidlash o’rinlidir.
Ekoharakat faollari bu kabi ezgu maqsadlar yo’lidagi ishlarni Butunjahon faollari bu kabi ezgu maqsadlar yo’lidagi ishlarni Butun jahon atrof-muhit kuni sifatida keng nishonlanadigan 5-iyunda ham keng qamrovli tadbirlar bilan har yili davom etirishadi. Bu yil ham xuddi shunday bo’ldi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 4-iyun kuni Ekoharakat tomonidan Toshkent shahridagi “G’afur G’ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida bayram tadbiri uyushtirildi. Tantanali marosimda so’zga chiqqanlar dunyoning qariyb barcha davlatlarida keng nishonlanadigan Butunjahon atrof muhit kuning ekologik muammolari tobora globallashib borayotgan bugungi kundagi ahamiyati nechog’lik kattaligini alohida qayd etdilar.
Ma’lumki, bugunki kunda iqlimning keskin o’zgarishi yer sayyorasi aholisini jiddiy tashvishga solmoqda. Ushbu muammoni oldini olish, uning salbiy oqibatlarini yumshatish borasida respublikamizda qator ishlar olib borilmoqda. Iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlariga turli sohadagi bo’lg’usi mutaxassislar e’tiborini jalb etish maqsadida Ekoharakat qator vazirlik va idoralar, tashkilotlar bilan hamkorlikda oliy o’quv yurtlari talabalari va magistrlar o’rtasida “GLOBAL IQLIM O’ZGARISHIGA MOSLASHISHI BO’YICHA ENG YAXSHI G’OYA 2017-2018” tanlovini o’tkazdi. Tanlovda Samarqand davlat arxitektura va qurilish inistituti “Qurilish” fakulteti BIK yo’nalishi 109-guruh talabasi Rajabov Nurmat Alisher o’g’li va “Arxitektura” fakulteti Dizayn yo’nalishi 401-guruh talabasi Himmatova Ma’mura va “Suv ta’minoti, kanalizasiya va suv resurslarini muhofaza qilish kafedrasi” katta o’qituvchisi Eshqobilov Shuhrat Abdug’affarovich rahbarlikligida ishtirok etib 1252 ijodiy ishlardan faxrli 3 o’rinni egallashdi hamda diplom va qimmat baho sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida professional sanatkorlar va bolalar badiiy jamoalarining chiqishlari ham bo’lib o’tdi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, nuroniy otaxonu-onaxonlarga homiylarining bayram sovg’alari tortiq etildi.