2017 yil 1 iyun kuni institut faollar zalida “Kasb ta’limi” kafedrasi tomonidan “Psixologiya” fanidan

 

 

 “Bilimdonlar bellashuvi” ilmiy-o’quv tadbiri uyushtirildi. Tadbir “Qurilish” fakultetining II bosqich 5111000-Kasb ta’limi(5340200-Bino va inshootlar qurilishi) hamda “Arxitektura” fakultetining II bosqich 5111000-Kasb ta’limi(5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi) yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar o’rtasida o’tkazildi.

Bellashuvda talabalar  “Psixologiya” fanidan namunaviy va ishchi o’quv dasturlarida tasdiqlangan mavzular yuzasidan bellashdilar.

Tadbirda SamDU ning “Pedagogika” kafedrasi o’qituvchlari D.F Jo’raqulova va M.S.Tavbayevalar ham ishtirok etishdi.  Hay’at raisi bo’lib D.F Jo’raqulova tayinlandi va hay’at a’zolari: M.S.Tavbayeva,M.N. Boboqulovalar talabalar bilimini baholab borishdi.

Talabalar quyidagi shartlar bo’yicha o’z bilim va iqtidorlarini namoyish etishdi:

I ShART: “PSIXOLOGIK ZAKOVAT”

II ShART: “QAYTA ESGA TUShIRISh”

III ShART. “TA’LIM-TARBIYa JARAYoNIDA PSIXOLOGIK BILIMLARNING ROLI”

IV ShART. RASMLAR SO’ZLAGANDA