“Kar'era-2018” mehnat yarmarkasi

2017/2018 o‘quv yilida bitiruvchi yosh mutaxassislarni potensial ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar talab-ehtiyojlari va o‘zaro shartnomalarga muvofiq ishga taqsimlash va joylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida, institutimizda “Kar'era-2018” mehnat yarmarkasi tadbirini o‘tkazish har yili an’anaga aylanib ulgurdi.
O‘tgan o‘quv yilida institutni bitirgan jami 954 nafar bitiruvchilardan 92,8%ining bandligi ta’minlangan bo‘lsa, bu yilgi tadbirlar natijasida, jami 1001 nafar bitiruvchidan 743 nafari, ya’ni 74,2% bitiruvchilar ish beruvchi tashkilotlar bilan shu bugungi tadbirda ishga joylashish shartnomalarini imzoladilar.
Tadbirda Samarqand viloyat «Suvoqova» ishlab chiqarish davlat unitar korxonasi, Samarqand shahar «Suvoqova» ishlab chiqarish davlat unitar korxonasi, Samarqand viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, Samarqand shahar arxitektura va qurilish bo‘limi, Samarqand viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasi, “Markazgazta’minot” unitar korxonasi, “Markazgazta’minot” unitar korxonasi “Samarqandshahargaz” filiali, Samarqand viloyat er tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi kabi jami 37 ta tashkilotlardan vakillar ishtirok etishdi.
Institut ma’muriyati tadbirda aktiv ishtirok etgan barcha ish beruvchi tashkilotlar vakillariga, professor-o‘qituvchilarga va talabalarga chuqur minnatdorchilik bildiradi.