“Biz kelajak bunyodkorlarimiz” nomli ko‘rik-tanlov

2018 yil 3 may kuni “Arxitektura” fakultetida «Arxitektura nazariyasi va tarixi» kafedrasi va institut O‘zbekiston  Yoshlar Ittifoqi Kengashi  tomonidan tashkil qilingan “Biz kelajak bunyodkorlarimiz” nomli ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik–tanlovda fakultet birinchi va ikkinchi boskich talabalaridan 150 ta talaba quyidagi 6 ta nominatsiya bo‘yicha o‘zlarining 212 ta ijodiy ishlari bilan qatnashdilar.
- Eng yaxshi arxitekturaviy lavha;
- Arxitekturaviy orderlar bo‘yicha eng yaxshi kurs ishi;
- Eng yaxshi ichki muhitli me’moriy shakl loyihasi;
- Eng yaxshi ichki muhitsiz me’moriy shakl loyihasi;
- Eng yaxshi kompozitsion maket;
- Eng yaxshi kompozitsion vositalar.
Tanlov natijalari talabalar ijodiy ishlarining badiiy saviyasi va  mahorati oshib borayotganligini ko‘rik–tanlov yana bir bor ko‘rsatib berdi. Tanlovda qatnashgan SamDAQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.R. Rahimov, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor E.X. Isakov, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori O‘.J. Xudoyarov, moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor A.H. Rajabov va ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i O‘.S. Sirojiddinov va xay’at a’zolari talabalar ijodiy ishlariga yuqori baho berishdi. Talabalar diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdilar.