“BINO VA INSHOOTLAR” KAFEDRASIDA OTA-ONALAR MAJLISI TASHKIL ETILDI

 

Yaqinda Qurilish fakultetining “Bino va inshootlar” yo‘nalishi talabalari o‘rtasida bilim salohiyati yuqori bo‘lgan talabalar saralanib iqtidorli guruh tashkil etildi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 29 noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Bino va inshootlar” kafedrasi o‘qituvchisi, 207-BvaIQ guruh murabbiyi Sirojiddinov Shavkat Najmiddinovich tomonidan ota-onalar majlisi tashkil etildi.Majlisda talabalarning dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirish darajasi, davomadi, hamda turli masalalar ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari majlisda ijarada yashovchi talabalarning ota-onalariga guruh murabbiyi alohida murojaat bilan chiqdi. “— Hammamizga ma’lumki qish mavsumida is gazlaridan zaxarlanishlar ko‘p bo‘lmoqda, mana shunday noxush vaziyatlarni oldini olish, farzandlaringizni qo‘l bola va nosoz istish vositalaridan foydalanmasliklarini hamda farzandingizni masofadan turib bo‘lsa ham tergab turishingiz, nazorat qilishingizni so‘rayman”, - deya ta’kidlab o‘tdi guruh murabbiyi Sh.Sirojiddinov.Ota-onalar bo‘lib o‘tgan masjlida guruh murabbiyi tomonidan olib borilayotgan ishlar, talab va takliflarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, farzandlarining bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha to‘garaklarga borishidan hamda institut professor-o‘qituvchilarning farzandlariga bo‘lgan e’tiboridan mamnun ekanliklari haqida fikrlarini bildirib o‘tdilar.