SAMDAQIDA NAVBATDAGI KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining navbatdagi 2-3-sonli kengashi majlisi joriy yilning 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.
SamDAQI rektori Sultan Ilyasovich Axmedov raisligida o‘tkazilgan institut kengashi, har galgidek yaxshi xushxabarlar bilan boshlandi.An’ana tusiga aylangan taqdirlash marosimlaridan so‘ng, kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha institut kengashi ishi ko‘rib chiqildi.Kun tartibiga ko‘ra 2018-2019 o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha semestr yakunlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik rejalari haqida, institutda iqtidorli ilmiy xodimlarni doktoranturaga tavsiya etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, institutda ijro intizomini mustahkamlash, fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda 2019-2020 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari to‘g‘risidagi axborotlar va turli masalalar ko‘rib chiqildi.