YODINGIZDAMI BO‘LSA INSTITUT 1-SONLI KENGASHINI YAXSHI XUSHXABARLAR BILAN BOSHLAGAN EDIK

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kengashining 2019-2020 o‘quv yili 12 sentabrdagi 1-son majlisini yaxshi xushxabarlar bilan boshlagan edik. Demak:
Institutning “Issiqlik, gaz ta’minoti, ventilyatsiyasi va servis” kafedrasi mudiri Sobir Murodullayevich Boboyev O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2019 yil 30 avgustdagi 268/1-sonli bayonnomasiga asosan “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonini qo‘lga kiritgan edi.
Institut o‘quv bo‘limining boshlig‘i, “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasining katta o‘qituvchisi Murod Usarovich Xodjabekov O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2019 yil 30 avgustdagi 268/1-sonli bayonomasiga asosan falsafa doktori (PhD) (fizika va matematika fanlari) Ilmiy unvonini qo‘lga kiritgan edi.
Shuningdek mualliflar: “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi professori A.S.Uralov va “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi I.T.Mahmatqulovlar tomonidan 5340100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha) va 5341000 – QHALTE ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Landshaft arxitekturasi qurilmalari va dizayn” nomli o‘quv qo‘llanmaga Oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-sonli buyrug‘iga asosan 654-337-raqamli nashr ruxsatnomasi berildi.Muallif: institutning “Arxitekuraviy loyihalash” kafedrasi dotsenti v.b. S.Sadikova tomonidan 5340100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha) va 5341000 – QHALTE ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Градостроительство и ландшафтный дизайн” nomli o‘quv qo‘llanmasiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-sonli buyrug‘iga asosan 654-359-raqamli nashr ruxsatnomasi berildi.Mualliflar: institutning “Bino va inshootlari kadastri” kafedrasi mudiri D.Jo‘raqulov va “Bino va inshootlar kadastri” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.S.Yarmatova tomonidan 5311300 – Geodeziya, kartografiya va kadastr (qurilish), 5340300 – Shahar qurilishi va xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlari talabalari va 5A311501 – Bino va inshootlar kadastri mmutaxassisligi magistrlari uchun “Davlat va yer kadastri” nomli o‘quv qo‘llanmaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-sonli buyrug‘iga asosan 654-354-raqamli nashr ruxsatnomasi berildi.Institut Kengash kotibi Matlab Xazratqulov tashabbusi bilan, endi Ilmiy unvonga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning hamda ularning faoliyati va erishgan yutuqlari bilan sizlarni xabardor qilib borishni o‘zimizga maqsad qildik.