MKQ FAKULTETI YOSHLARI BILAN OCHIQ MULOQOT

 

Rektor va yoshlar uchrashuvi davom etmoqda.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining katta majlislar zalida joriy yilning 1 noyabr kuni “Rektor va yoshlar” shiori ostida institut rektori Sultan Ilyasovich Axmedov va prorektorlar bilan Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti birinchi bosqich talabalarining ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Bu galgi uchrashuvda institut rektori oliy ta’limda kechayotgan bugungi islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ularning salohiyatini mustahkamlash, har bir mamlakat taraqqiyotida bilimli yoshlar asosiy rolni egallashi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda yangi ko‘rinishdagi to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari va stipendiyalar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Uning afzallik jihatlari aniq misollar bilan to‘liq ochib berildi.
Talaba-yoshlar tomonidan institut rektoriga bir qator takliflar berildi, ushbu takliflarni institut hayotida joriy qilish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar topshirildi.