“YANGI O‘ZBEKISTON – YANGI SAYLOVLAR” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI

 

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan 2019 yil 1 noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida Saylov qonunchiligi targ‘iboti doirasida “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat saylov komissiyasi treneri Haqqulov Nabijon, Samarqand shahar 77-uchastka saylov komissiyasi vakili Sarmonov Qobiljon, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Notiqlar tomonidan “Saylovning mazmun-mohiyati va saylovga oid qonunchilik”, “Saylovlar jarayonida yoshlar ishtiroki va faolligini oshirish” mavzularida chiqishlar qilindi.
77-uchastka saylov komissiyasi vakili Sarmonov Qobiljon o‘z nutqida; Saylovchilarning o‘z siyosiy huquqlaridan oqilona foydalanib, saylovlarda faol ishtirok etishi, shuningdek ularning hamda saylov tashkilotchilarining saylovlarni o‘tkazish, unda qatnashish va ovoz berish chog‘ida amaldagi qonunlarga, o‘rnatilgan tartiblarga amal qilishi, saylov qatnashchilarining bir-birlarini hurmat qilishligingizni so‘rab qolaman, - deb ta’kidlab o‘tdi.
Savol-javob tarzda tashkil etilgan davra suhbatida 2019 yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar, Saylov kodeksidagi yangiliklar, fuqarolarni saylash va saylanish huquqi bilan bog‘liq qoidalar va har bir saylovchi bilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar borasida fikr almashinildi.