BIR GURUH TALABA YOSHLAR O‘ZBEKISTON “MILLIY TIKLANISH” DEMOKRATIK PARTIYASI SAFIGA QABUL QILINDI

 

Shu kunlarda joylarda saylovoldi targ‘ibot tadbirlarini olib borayotgan siyosiy partiyalarning dasturi bilan yaqindan tanishayotgan fuqarolar, o‘z qarashlariga xos va mos bo‘lgan partiyaga a’zo bo‘lib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan nomzodlarni saylov jarayonida qo‘llab-quvvatlash istagini bildirmoqda.
Xususan, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining joriy yil 24 oktabr kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida o‘tkazilgan “Birmiz! Qo‘lni qo‘lga beramiz” shiori ostidagi saylovoldi targ‘ibot tadbirini kuzatib borgan yoshlarda ham shu partiyaga a’zo bo‘lish, uning g‘oya va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish ishtiyoqi paydo bo‘ldi.
Bugun ana shunday shijoatli yoshlardan bir guruhi partiya safiga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi hamda partiya saylovoldi targ‘ibot tadbirining yuksak saviyada o‘tishini ta’minlashda faollik ko‘rsatgan yoshlardan bir guruhi esa partiya viloyat kengashining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.