ER VA XOTIN O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR YOXUD OILANI MUSTAHKAMLASH TA’SIRI TO‘G‘RISIDA
2019 yilning 29 oktabrda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida Xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisi va institut psixologi bilan hamkorlikda institut talaba yoshlarni oilaga tayyorlash va ularni oila mustahkamligini taminlashda nimalarga e’tibor berish to‘g‘risida seminar-trening o‘tkazildi.
Dastlab psixolog Sardor Otayorov hozirgi kunda er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga qarab uch xil toifasini aytib o‘tdi. Bular “Ona-o‘g‘il”, “Ota-qiz” va “Aka-singil” toifasidagi oilalar. Har bir tiofaning ijobiy va salbiy tomonlarini hayotiy misollar orqali tushuntirib berdi. Shuningdek psixolog oilaning barqarorligiga ta’sir qiladigan ijobiy sifatlari to‘g‘risida talaba-yoshlarga alohida maslahatlar berib o‘tdi.
Xotin-qizlar raisi Muqaddas Boboqulova o‘z hayotiy tajribasidan kelib chiqib oilalarning tinch-totuv bo‘lishi, baxtli hayot kechirishi uchun oila vakillari bo‘lmish erkak va ayol hayotda yuz beradigan har qanday vaziyatda ham o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida maslahatlar berildi.
Psixolog va xotin-qizlar raisi oilalardagi muammoli vaziyatlardan misollar keltirib seminar-treningda ishtirok etayotgan talabalar bilan muhokama qildi. Bu seminar-trening qizqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.