REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA
Ilgari xabar berganimizdek, rektor va yoshlar uchrashuvi fakultetlar kesimida davom etmoqda.
2019 yilning 30 oktabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining katta majlislar zalida “Rektor va yoshlar” shiori ostida institut rektori Sultan Ilyasovich Axmedov va prorektorlar bilan Arxitektura fakulteti birinchi bosqich talabalarining ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda institut rektori fakultet talabalari bilan yaqindan suhbatda bo‘ldi. Muloqot davomida institutda yaratilgan shart sharoitlar oshxona va talabalar turar joylari talabalarni qoniqtiryaptimi? Shu haqida mavjud taklif va muammolar tinglandi.
Albatta 2019-2020 yangi o‘quv yilida shu yil bir emas ikkita talabalar turar-joylari to‘liq kapital ta’mirdan chiqarilganligi va hozirgi kunda talabalar uchun mavjud sharoitlardan talabalar minnatdor ekanliklarini bildirdilar.
Berilgan takliflar bo‘yicha prorektorlar hamda fakultet dekaniga topshiriqlar berildi.
Uchrashuvlar davom etmoqda...