BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Yurtimizda “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami tantanali ravishda nishonlanadi. Mazkur bayram 1997 yil 1 oktabrdan boshlab nishonlanib kelinmoqda. Ustozlarga bo‘lgan ehtirom o‘lkamizda qadimdan mavjud. Shu munosabat bilan Samarqand davlat arxitektura- qurilish institutining qurilish fakultetida ham o‘qituvchilar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir fakultet dekanati va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qurilish fakulteti yoshlar kengashi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, erta tongdan dars mashg‘ulotlariga kelayotgan har bir o‘qituvchini iqtidorli talabalar gullar bilan kutib olib, ularni “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etishdi. Bundan tashqari talabalar o‘rtasida  noan’anaviy “Siz tanlagan o‘qituvchi” aksiyasi  tashkil etildi. Aksiya natijalariga ko‘ra eng ko‘p tanlangan 3 nafar o‘qituvchi qimmatbaho  sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.