''USTOZ - QADRI BUYUK MUALLIM!''
1 oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi, SamDAQI ma’muriyati, SamDAQI xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi tomonidan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashdek beqiyos hisssasi va fidoiyligi uchun Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining quyidagi professor-o‘qituvchilari: “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi dotsenti Saidmuratov Baxtiyor Ibragimovich, san’atshunoslik nomzodi Jo‘rayev Hamza Hamraqulovich, Iqtisod fanlari nomzodi dotsent Bo‘ronov Olmos, “Bino va inshootlar” kafedrasi dotsenti Sattorov Ikromboy Saparboyevich, “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” kafedrasi dotsenti Abduqodirova Xolida, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Faxriy yorlig‘i va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ma’muriyati tomonidan “1 oktabr — o‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘quv, o‘quv-usubiy, ma’naviy sohalarda erishgan yutuqlarini inobatga olib, talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy urf-odatlarimizga sodiqlik ruhida hamda ularni yetuk kadrlar etib tarbiyalashdagi hissasi uchun 21 nafar hamda SamDAQI xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba qo‘mitasi tomonidan ham 24 nafar professor-o‘qituvchilar Faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.