YOSHLAR BIZNING KELAJAGIMIZ
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Axborot resurs markazi bilan hamkorlikda 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Yoshlar bizning kelajagimiz” shiori ostida kitobxonlik kechasi tashkil etildi.
Kechada talabalar o‘zaro o‘qigan badiiy kitoblari to‘g‘risida tengdoshlari bilan fikr mulohazalar almashdilar, “Kitobxonga savol” va “Kitobxondan javob” shartlari bo‘yicha talabalar bilimi yanada mustahkamlab olindi. She’riyatga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida mushoira kechalari ham tashkil etildi.
Faol ishtirok etgan har bir talaba Axborot resurs markazi tomonidan qiziqarli kitoblar bilan taqdirlandilar. ARM direktori D.Yarmatova talabalarni bayram bilan tabriklab, ularni kitob o‘qish hayoti davomida juda zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, yil davomida ARMga kelgan kitobxonlar orasidan “Eng zukko kitobxon”lar aniqlanib ularga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar taqdim etildi.
O‘tkazilgan tadbirdan talabalarda kitobga bo‘lgan mehr yanada ortdi. Tadbir davomida kitob o‘qigan inson hech qachon yutqazmasligiga, hayotda eng yaxshi do‘st bu — kitob ekanligiga talabalarimiz yana bir bor guvoh bo‘lishdi.