INSTITUTDA “KORRUPSIYA — XAVFSIZLIKKA TAHDID” MAVZUSIDA MA’RIFIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Korrupsiya — xavfsizlikka tahdid” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tergovchisi Z.Yo‘ldosheva, Samarqand shahar “Xusenov K.M.” advokatlar hay’ati advokati hamda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli choralar ko‘rilganligi, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻ-eʼtiborini oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq 2019 yil 27 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi imzolandi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tildi.
Tadbir so‘ngida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar va ularga to‘liq javob oldilar.