Institut xotin-qizlari o‘rtasida sport musobaqalаri o‘tkazildi

2019 yil 4-5 mart kunlari Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xotin-qizlari o‘rtasida 8 mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab, xodimlar va talabalar institut boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda “Kasb ta’limi va jismoniy tarbiya” kafedrasi hamkorligida sportning stol tennisi va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

 

Sportning shashka turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa natijasiga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha belgilandi:

I o‘rin - T.Jo‘rayeva, arxitektura fakulteti;

II o‘rin - L.Toshnazarova, qurilishni boshqarish fakulteti;

III o‘rin- F.Axmedova, MKQ fakulteti.
 

Stol-tennisi bo‘yicha esa o‘rinlar quyidagilar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildilar:

I o‘rin - M.Nasimova, qurilishni boshqarish fakulteti talabasi;

II o‘rin - K.Po‘latova, qurilish fakulteti talabasi;

III o‘rin - M.Norqulova, o‘quv bo‘limi uslubchisi;

IV o‘rin - F.Mamariyozova, o‘quv bo‘limi uslubchisi.
 

G‘oliblar 6 mart kuni institutning katta faollar zalida “Ayol borki, olam munavvar” deb nomlangan badiiy tadbirda, xodimlar va talabalar institut boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tantanali ravishda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.