KITOBXONLIK AKSIYASI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan kitob aksiyasida oliy ta’lim tizimidagi ziyolilar ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. Aksiya doirasida har bir rahbar xodim o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qilib kelmoqdalar. Shu munosabat bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Sultan Ilyasovich Axmedov ham Samarqand shahridagi 20-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib o‘quvchilarga o‘zi tomonidan xarid qilingan kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

 

Maktabga bo‘lgan e’tibordan ruhlangan o‘quvchilar o‘zlarining orzu istaklari haqida gapirib berdilar va ular kelajakda mamlakatimizga sodiq xizmat qiladigan farzandlar bo‘lib yetishishni bildirdilar.Tadbir so‘ngida maktab rahbariyati va o‘quvchilar Sultan Ilyasovich Axmedovga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.